
Bu yil 118 ta ilmiy tashkilot tomonidan ilmiy-innovatsion faoliyatiga oid taqdim etilgan rasmiy ma’lumotlar asosida 27 ta yo‘nalishda 75 ta ko‘rsatkich bo‘yicha baholandi. Shuningdek, tahlil natijalariga ko‘ra ilmiy tashkilotlarning 2022-yildagi ilmiy-innovatsion faoliyati natijalari bo‘yicha milliy reytingi ishlab chiqildi.
Reytingning yuqori 10 taligidan o‘rin olgan ilmiy tashkilotlar quyidagilar:
1-o‘rin – Botanika instituti
2-o‘rin – Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
3-o‘rin – Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti
4-o‘rin – O‘simlik moddalari kimyosi instituti
5-o‘rin – Yadro fizikasi instituti
6-o‘rin – Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti
7-o‘rin – Ilg‘or texnologiyalar markazi
8-o‘rin – Zoologiya instituti
9-o‘rin – Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
10-o‘rin – H.M.Abdullaev nomidagi Geologiya va geofizika instituti
……
15-o‘rin – Respublika Ilmiy Ixtisoslashtirilgan Allergologiya markazi
Ilmiy tashkilotlarning 2022-yildagi ilmiy-innovatsion faoliyati natijalari bo‘yicha milliy reytingida yuqori 10 talikdan o‘rin olgan ilmiy tashkilotlar rag‘batlantirildi.




