+99890 024 55 03
allergocenteruz@gmail.com

Allergik reaksiyalarda qondagi Triptaza miqdorini aniqlashning ahamiyati

Ushbu maqolada allergik kasalliklarda bemor qonida triptaza miqdorini aniqlashning ahamiyati, qachon va qanday bemorlarga bu tekshiruvni buyurish haqida gaplashamiz. Shuningdek, qanday xolatda triptazani tekshirish xato ma’lumot berishini ham ko’rib chiqamiz.

Triptaza asosan semiz hujayralarda joylashgan fermentdir. Semiz hujayralari — guruh jixatdan immun tizimining bir qismi bo’lgan oq qon hujayralariga kiradi va allergik reaktsiyalar paytida faollashadi.

Triptaza testi shifokorlarga jiddiy allergik reaktsiya sodir bo’lganligini aniqlashga yordam beradi. Bundan tashqari, semiz hujayralarining normal darajalari yoki funktsiyalariga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan ayrim qon kasalliklarini aniqlash uchun ham foydalanish mumkin.

Triptaza testi haqida

Qonda triptazani aniqlashdan maqsad

Qondagi triptaza miqdori turli maqsadlarda o’lchanishi mumkin. Masalan, triptazani tekshirishquyidagi hollarda foydali bo’lishi mumkin:

  • Anafilaksiya yoki anafilaktik shok deb ataladigan jiddiy allergik reaktsiya yaqinda sodir bo’lganligini aniqlash uchun
  • Semiz hujayra kasalliklarini tashxislash uchun tanada juda ko’p semiz hujayralari mavjud bo’lgan yoki semiz hujayralari anormal reaktiv bo’lgan kamdan-kam holatlar.
  • Semiz hujayra kasalliklari bo’lgan bemorlarda ularning ahvoli barqaror yoki yomonlashayotganini kuzatish uchun

Sinov nimani o’lchaydi?

Triptaza ferment deb ataladigan oqsilning bir turi bo’lib, u semiz hujayralarida saqlanadi. Semiz xujayralari oq qon hujayralari bo’lib, ular normal immunitet reaktsiyalarida ishtirok etadilar, ammo allergik reaktsiyalar paytida ham faollashadi.

Semiz hujayralar butun tanada joylashgan. Ular eng ko’p tanangiz tashqi muhit va ob’ektlar bilan uchrashadigan joylarda, masalan, teringizda, havo yo’llari va ovqat hazm qilish yo’llarida. Bu joylarda joylashgan semiz hujayralar tanangizni begona organizmlar va toksinlardan himoya qilish uchun tezda faollashishi mumkin.

Semiz hujayralar faollashganda, ular o’zida saqlanadigan kimyoviy faol moddalarni, shu jumladan triptaza va gistaminni chiqaradi . Ushbu kimyoviy moddalar qizarish, qichishish va nafas olish qiyinlishuvi kabi allergiya bilan bog’liq ko’plab alomatlarga sabab bo’ladi. Odamlarda kuchli allergik reaktsiya bo’lsa, qondagi triptaza darajasi odatda juda tez ko’tariladi va keyin 12-24 soatdan keyin normal holatga qaytadi.

Tanadagi triptazaning o’ziga xos roli to’liq aniqlanmagan. Shu bilan birga, qondagi triptazaning keskin yuqori darajada ko’tarilishi semiz hujayralar jiddiy allergik reaktsiyalarda ishtirok etishini ko’rsatadi. Triptaza semiz hujayralarning faollashuvi bilan bog’liqligi sababli, semiz hujayralari faolligining belgisi bo’lib xizmat qiladi.

Qachon triptaza miqdorini aniqlash kerak?

Triptaza testini o’tkazishning eng keng tarqalgan sabablari shundaki, shifokor anafilaksiya deb ataladigan jiddiy allergik reaktsiya tashxisini tasdiqlash yoki semiz hujayra buzilishi kabi qon kasalligini tashxislash yoki kuzatishdir.

Anafilaksiya tashxisini tasdiqlash

Agar shifokor sizni anafilaktik shok deb ataladigan jiddiy allergik reaktsiyaga duchor bo’lganingizga shubha qilsa, triptaza testi buyurilishi mumkin. Anafilaktik shok juda og’ir, potentsial o’limga olib keladigan holat bo’lib, qisqa daqiqalar ichida yuzaga keladi.

Anafilaksiya vaqtida quyidagi simptomlar kuzatilishi mumkin:

  • Nafas olishda qiyinchilik
  • Yuz yoki tilning shishishi
  • Yutish qiyinligi
  • Bezovtalik
  • Qorinda og’riq
  • Bosh aylanishi
  • Teri reaktsiyalari, masalan, qizarish, qichishish yoki qavarchiqlar
  • Ko’krak qafasida siqilish
  • Ko’ngil aynishi va qayt qilish
  • Hushni yo’qotish

Allergiyaga sabab bo’lgan har qanday modda anafilaktik shokni keltirib chiqarishi mumkin. Biroq, bu jiddiy allergik reaktsiyalar ko’pincha quyidagi sabablarga ko’ra yuzaga keladi:

  • Dori-darmonlarga qarshi allergiya
  • Oziq-ovqat allergiyalari
  • Hasharotlarning chaqishi

Jiddiy allergik reaktsiyalar natijasida kuzatiladigan hayot uchun xavfli asoratlarni oldini olish uchun tezlik bilan davolashni boshlash kerak. Anafilaktik shokning tezkor tashxisi odatda bemordagi simpomlar va kasallik tarixi asosida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, anafilaksiya belgilari astma xurujlari va yurak xurujlari kabi boshqa kasalliklarga o’xshashligi sababli, tashxisni tasdiqlash uchun allergik reaktsiyani davolashdan keyin triptaza testi o’tkazilishi mumkin.

Shuningdek, autopsiya paytida o’limning og’ir allergik reaktsiyaga sabab bo’lganligini aniqlash uchun qonda triptazaning yuqori darajasini aniqlash ham mumkin.

Semiz hujayra kasalliklarini tashxislash va monitoring qilish

Triptaza semiz hujayralarda yuqori konsentratsiyalarda topiladi, bu esa triptaza testini semiz hujayra kasalliklarini tashxislashda yordam beradi. Bemorning tanasida juda ko’p semiz hujayralar bo’lishi yoki semiz hujayralari juda reaktiv bo’lgan kam uchraydigan holatlar. Ushbu kasalliklarga quyidagilar kiradi:

  • Tizimli mastotsitoz: Tizimli mastotsitoz — bu anormal semiz hujayralari teri, suyak iligi va boshqa organlar kabi ko’p turdagi to’qimalarga infiltratsiya qilinadigan kasallik.
  • Teri mastositozi: Teri mastotsitozi terida qizil yoki jigarrang dog’lar, shish, qichishish yoki qavariq paydo bo’lishiga olib keladigan semiz hujayralari bilan bog’liq bo’lgan kasallikdir.
  • Semiz hujayralari faollashuvi sindromi : Bu kasallik semiz hujayralari faollashuvining takroriy epizodlarini keltirib chiqaradi, bu allergik simptomlar, past qon bosimi, qizarish va ovqat hazm qilish buzilishiga olib keladi. Ushbu sindrom semiz hujayra nuqsoniga olib keladigan genetik o’zgarishdan kelib chiqqan bo’lsa, u monoklonal semiz hujayra faollashuvi sindromi deb ataladi . Ba’zan sababi noma’lum.

Triptaza testini talab qilishi mumkin bo’lgan semiz hujayra kasalliklarining umumiy belgilari va alomatlari:

  • Teri belgilari, shu jumladan qizarish, qichishish va qizil yoki jigarrang dog’lar
  • Ovqat hazm qilish tizimining belgilari, shu jumladan yurak urishi, ko’ngil aynishi
  • Nafas olish va burun belgilari, shu jumladan xirillash, burun bitishi va burun oqishi

Semiz hujayralarining buzilishiga shubha qilingan bemorlarga tashxis qo’yish uchun qondagi triptaza darajasi tekshiriladi. Ko’pincha triptaza darajasining takroriy qon tekshiruvi o’tkaziladi va bemorning triptaza darajasi vaqt o’tishi bilan qanday o’zgarishi tashxis qo’yishda hisobga olinishi mumkin.

Mastotsitoz kabi semiz hujayra kasalliklari tashxisi qo’yilgan odamlar ba’zida triptaza testi bilan kuzatiladi. Ushbu test shifokorlarga ularning kasalligi barqaror yoki yomonlashayotganini ko’rish imkonini beradi.

Sinovdan qanday o’tish kerak

Triptaza testi qon namunasini talab qiladi. Kuchli allergik reaktsiyani aniqlash uchun allergik simptomlar paydo bo’lganidan keyin qisqa vaqt ichida triptaza sinovdan o’tkazilishi mumkin.

Jiddiy allergik reaktsiyadan so’ng darhol sinovdan o’tgan odamlar, odatda, allergik alomatlar yo’qolganidan keyin taxminan 24 soat o’tgach, yana sinovdan o’tkaziladi. Ushbu ikkinchi test bemor uchun triptazaning normal darajasini bildiruvchi «asosiy chiziq» ni o’rnatish uchun amalga oshiriladi. Allergiya reaktsiyasidan oldin olingan qon namunalari, (agar mavjud bo’lsa), boshlang’ich darajani aniqlash uchun ham tekshirilishi mumkin.

Agar siz semiz hujayra buzilishi kuzatilayotgan bo’lsa, shifokoringiz odatda triptaza testini buyuradi va tahlil qilish uchun qon namunasi laboratoriya sharoitda olinadi.

Triptase testini o’tkazish

Triptaza testi kichik qon namunasini talab qiladi. Odatda, qon namunasi tez yordam xonasida, shifokor kabinetida, laboratoriyada yoki boshqa tibbiy muassasada olinadi.

Triptasa testi natijalari

Agar sizning qoningizdagi triptaza darajasi jiddiy allergik reaktsiyani tasdiqlash uchun o’tkazilgan bo’lsa, asosiy holatni aniqlash uchun simptomlar yo’qolganidan keyin ikkinchi sinov o’tkaziladi. Boshlang’ich ko’rsatkich tanangizning normal qondagi triptaza darajasi qanday ekanligini ko’rsatadi.

Sinov natijalari tahlili

ALOMATLAR MAVJUD BO’LGANDA SINOV NATIJASITAKRORIY TESTMUMKIN BO’LGAN TASHXISLAR
YuqoriNormaAnafilaktik shok yoki semiz hujayralari faollashuvi sindromi
YuqoriYuqoriTizimli mastotsitoz, ba’zi genetik sindromlar yoki ba’zi qon yoki buyrak kasalliklari
OddiyOddiyFaqat teriga ta’sir qiladigan mastotsitoz yoki mast hujayralarining faollashishi bilan bog’liq bo’lmagan boshqa holat

Qonda doimiy yuqori triptaza darajasi boshqa kasalliklarda, jumladan leykemiya, surunkali buyrak yetishmovchiligi, surunkali jigar etishmovchiligi va boshqa kam uchraydigan qon kasalliklarida ham aniqlanishi mumkin. Triptaza tizimli mastotsitozni kuzatish usuli sifatida o’lchanganda, vaqt o’tishi bilan barqaror triptaza darajalari ijobiy natijani ko’rsatadi, shu bilan birga uning ko’tarilishi kasallikning kuchayishi ehtimoli ko’proq bo’lishi mumkin.

Ko’tarilgan triptaza va irsiy alfa triptazemiya

Qondagi triptazaning yuqori darajasi, shuningdek, irsiy alfa triptazemiya deb ataladigan irsiy holatga bog’liq bo’lishi mumkin, bu esa asosiy triptaza darajasining oshishiga olib keladi. Hisob-kitoblarga ko’ra, aholining 6 foizgacha irsiy alfa triptazemiya bor va undan yuqori triptazaning eng keng tarqalgan sababi deb hisoblanadi.

Irsiy alfa triptasemiya irsiydir, ya’ni odamlarda ota-onalaridan biridan o’tgan genetik o’zgarishlar mavjud. Ba’zida irsiy alfa triptasemiya bilan og’rigan odamlarda hech qanday alomat bo’lmaydi. Boshqa hollarda, ular allergik, oshqozon-ichak, yurak va boshqa alomatlarga ega bo’lishi mumkin, ular semiz hujayralarining faollashuvi buzilishi bo’lgan odamlarda uchraydi. Triptaza testi odatda irsiy alfa triptazemiyani aniqlash uchun maxsus o’tkazilmasa ham, bu holatni bilish shifokorning qon testida aniqlangan yuqori triptaza darajasini qanday izohlashiga ta’sir qilishi mumkin.

Triptaza natijalari qachon noaniq bo’ladi?

Har qanday qon namunasini qayta ishlash va tahlil qilishda mumkin bo’lgan xato manbalari mavjud bo’lsa-da, triptaza testi natijalari odatda aniq deb hisoblanadi.

Qachonki triptaza kuchli allergik reaktsiya sodir bo’lganligini aniqlash uchun ishlatilganda, qon namunasini olish vaqti juda muhimdir. Triptaza odatda allergik holat boshlanganidan keyin 30 daqiqadan 2 soatgacha eng yuqori darajaga etadi va keyin tezda pasayadi. Agar qon namunasi juda erta yoki kech olinsa, natijalar noto’g’ri bo’lishi mumkin.

Eslatib o’tamiz, Respublika ilmiy ixtisoshlashtgan allergologiya markazi laboratoriyasida ko’plab tekshiruvlar bilan bir qatorda qon zardobidagi triptaza miqdorini aniqlash usuli ham amalga oshirilmoqda.

Jasur Davlatov — Allergologiya va klinik immunologiya yo’nalishi 3-bosqich magistranti

Добавить комментарий