
📌Nebulizer (lot. Nebula — “bulut, tuman”) suyuq dorini aerozolga aylantirib beruvchi va ingolatsiya qilish uchun ishlatiladigan qurilma.
⠀
📌Kompressorli, ultratovushli va mesh-nebulizerlar mavjud.
⠀
❗️Ko’pincha bemorlar nebulizerlar uchun mo’ljallanmagan dorilarni ishlatishadi yoki dorilarni aerozol ko’rinishiga o’tkaishga harakat qilishadi. Lekin bu qurilmada barcha dorilarni ishlatish imkoniyati mavjud emas.
❗️Ingolatsiyasini shifokor ko’rsatmasiga ko’ra qilish zarur. Albatta uning ham zararli va xavfli tomonlari bor.
⠀
❗️Bronxial astma, o’pkaning obstruktiv kasalligi, stenozli laringotraxeitlarda ingolatsiya qilinishi mumkin.
⠀
❓Nebulizer orqali ingolatsiya qilinganda qaysi dorilardan foydalanish mumkin va mumkin emas.
⠀
❌Mumkin emas:
🔸yog’lar (evkalipt, na’matak, oblepixa, shaftoli, bodom)
🔸 mineral suv
🔸antibiotiklar (vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun)
🔸miramistin
🔸furatsilin
🔸xlorofillipt
🔸gormonlar (vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun)
🔸eufillin
🔸mukolitiklar (ingolatsiya uchun mo’ljallanmaganlari)
🔸o’simlik preparatlari (kalendula, romashka).
⠀
💯Mumkin:
🔸Bronxolitiklar — ingolatsiya uchun eritmalar (masalan, Berodual)
🔸gormonlar (masalan, Budesonid) — kompressor va mesh nebulizerga mos keladi
🔸ingolatsion antibiotiklar
🔸mukolitiklar (ingolatsiyaga mo’ljallangan eritmalar, masalan, Ambroksol)
⠀
✅ Ingolatsion dori-darmonlarni faqat fiziologik eritmaga qo’shib ishlatish mumkin.
❌Qaynatilgan suv, krandan olingan suv mumkin emas!
O’zingizga to’g’ri munosabatda bo’ling!
Sizda nebulizer bormi? Siz undan to’g’ri foydalanasizmi?
☎️ +99890 124 55 03